Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zLiDeP» Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
Ayni vaqtga kelib to‘rt partiyaning prezidentlikka nomzodlari ma’lum bo‘lib ulgurdi.
«O‘zLiDeP» siyosiy kengashi amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda partiya Siyosiy kengashining navbatdagi majlisida qaror qabul qilingan.
Majlisda muddatidan ilgari o‘tadigan prezidentlik saylovida «O‘zLiDeP»ning ishtiroki va partiyaning navbatdagi qurultoyida partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilingan.
«O‘zLiDeP Siyosiy kengashi a’zolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya S’yezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar», deyiladi O‘zA xabarda.
Shu tariqa, ayni vaqtga kelib «Milliy tiklanish»dan boshqa to‘rt partiya prezidentlikka nomzodlarini aniqlab bo‘ldi.
Ekologik partiya va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyalari o‘z rahbarlari Abdushukur Hamzayev va Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi nomzod ko‘rsatish bo‘yicha bo‘lajak qurultoyda ko‘rib chiqish uchun Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodini ma’qulladi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024