Mashhur bokschi Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod moliyaviy yordam beriladi
Unga 1 ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam tayinlandi.

Foto: IBA
Boks bo‘yicha birinchi jahon chempionlaridan biri, 1974 yilda Gavana (Kuba) shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi jahon chempionatida medalni qo‘lga kiritgan, 1976 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori, o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev Xalqaro boks assotsiatsiyasidan (IBA) umrbod moddiy yordam oladigan bo‘ldi.
13 may kuni IBA prezidenti Umar Kremlyov Toshkentda 73 yoshli bokschi bilan uchrashish uchun shifoxonaga bordi va unga chempionlik kamari bilan birga «G‘alabaga bo‘lgan iroda» mukofotini topshirdi.
«Biz boks oilamizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik qilamiz. Siz afsona va boks asoschilaridan birisiz. Siz tufayli yosh avlod ajoyib sportimiz bilan shug‘ullanmoqda. IBA prezidenti sifatida dunyo bo‘ylab boksni va ulkan oilamizning har bir a’zosini qo‘llab-quvvatlashni o‘z vazifam deb bilaman. IBA doirasida biz bokschilarimizga katta yordam beramiz, jumladan, moddiy yordam bilan. IBA – bu boks uyi, biz bir oilamiz», dedi Kremlyov.
O‘zA xabariga ko‘ra, Kremlyov IBA nomidan Risqiyevga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli berdi. Shuningdek, har oy IBA tomonidan 1 ming dollar miqdorida rag‘batlantirib borilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
-
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi
Jahon | 23:40 / 08.04.2025
-
8 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:57 / 08.04.2025
-
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Mavzuga oid

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024