Baxmut atrofidagi janglar, asir va yaradorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 433-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi Ukraina QK 11 may kuni Donetsk oblasti Soledar yo‘nalishida «uzunligi 95 kilometr bo‘lgan butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab hujumga o‘tgani» haqida ma’lum qildi. Rossiya harbiy idorasi versiyasiga ko‘ra, barcha hujumlar qaytarilgan.
- «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalari Baxmutdagi Ukraina armiyasi ta’minotidagi asosiy yo‘l bo‘lgan Chasiv Yardan keluvchi yo‘lni ortiq bloklay olmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Prigojin RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguga shaxsan Baxmutga kelishni taklif etdi.
- CNN telekanali o‘z manbasiga tayangan holda Ukraina QK frontda qarshi hujum arafasida «shakllantiruvchi operatsiyalar» boshlagani haqida xabar qildi.
- Rossiyada Kremlga dronlar hujumi haqidagi izoh uchun birinchi bor jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu ish figuranti Chelyabinskda yashovchi kishi bo‘lib, u «terrorizmga chaqiriq»da ayblanib, yetti yil muddatga qamalishi mumkin.
- Britaniyaning The Times nashri «Yevrovideniye» tashkilotchilari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga konkurs tomoshabinlariga murojaat bilan chiqishiga ruxsat bermaganini xabar qildi. Zelenskiyning matbuot kotibi esa Ukraina prezidenti ofisi «Yevrovideniye» tashkilotchilariga bunday so‘rov bilan murojaat qilmaganini aytdi.
Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari
12 may kuni Rossiya kuchlari Donetsk oblastidagi Konstantinovka shahrini yana bir bor o‘qqa tutdi. Shahar ma’muriyati rahbari Oleksey Roslov xabar qilishicha, otishma qariyb bir soat davom etgan. Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, 28 ta xususiy uy, ikkita ko‘p qavatli uy, ikkita gaz uzatish quvuri va bir do‘kon binosi shikastlangan. Bir kishi yaralangan.
Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin 12 may kuni yana bir bor Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalarini Baxmut atrofidagi pozitsiyalarni jangsiz tashlab ketishda aybladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini endi Baxmutdagi Ukraina garnizonini Chasiv Yardagi ta’minot bazasi bilan bog‘lovchi yo‘lni bloklashni to‘xtatgan.
Prigojinning tasdiqlashicha, Baxmutni to‘liq egallash uchun uning jangchilari yana 20 ga yaqin ko‘p qavatli binoni egallashi talab etiladi. «Ammo endi Baxmutning egallanishi Rossiya Federatsiyasiga hech narsa bermaydi, chunki qanotlar parchalanmoqda, front qulamoqda», — deya qo‘shimcha qilgan vagnerchilar rahbari.
O‘z navbatida, Ukraina mudofaa vazirligi 12 may kuni Ukraina QK Baxmut yo‘nalishida ikki kilometrga ilgarilaganini tasdiqladi.
Benksi surati Irpindagi binodan demontaj qilinishi
Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk oyidagi harbiy harakatlardan jiddiy shikastlangan Kiyev yaqinidagi Irpin shahrida devorida shar ustida turgan gimnastikachi qiz tasviri aks etgan ko‘p qavatli binoni snos qilish boshlandi. Bu britaniyalik ko‘cha rassomi Benksi Kiyev va Kiyev oblastining okkupatsiya qilingan hududlarida chizgan yetti graffitidan biridir.
Irpindagi graffiti aks etgan ko‘p qavatli bino otishmalar vaqtida jiddiy shikastlangan va uni ta’mirlab bo‘lmaydi. Ammo graffitining o‘zini saqlab qolishadi. «Nash Kiyev» nashrining yozishicha, gimnastkachi aks etgan devor qismini buzilayotgan uy yaqinidagi xiyobonga joylashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024