Rossiyada bir yilda muddati o‘tgan ehtiyot qismlar bilan 2000 ta aviareys amalga oshirildi

Foto: AP
Rostransnadzor 2022 yilda muddati o‘tgan ehtiyot qismlarga ega samolyotlarda 2000 ta parvoz amalga oshirilganini hisoblab chiqdi. Yirik kompaniyalar "muddati o‘tgan qismlar"dan foydalanilayotganini rad etyapti.
2022 yilda Rossiyada G‘arb sanksiyalari tufayli yaroqlilik muddati o‘tgan ehtiyot qismlar bilan jihozlangan samolyotlarda ikki mingdan ortiq parvoz amalga oshirildi, dedi Rostransnadzor rahbari Viktor Basargin 16 may, seshanba kuni Davlat dumasining Transport bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida. Uning nutqi yozuvi "Kommersant" ixtiyoriga kelib tushgan.
Basargin bu tijorat yoki barcha turdagi havo qatnoviga tegishlimi, aniqlik kiritmadi. “Kommersant”ning yozishicha, 2022 yilda havo harakatini boshqarish davlat korporatsiyasi dispetcherlari 1,4 million reysga, jumladan, tranzit va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatgan. Basargin avvalgi yillarda muddati o‘tgan ehtiyot qismlari bo‘lgan samolyotlarda qancha parvozlar amalga oshirilganini aytmadi.
“Kommersant”ning yirik aviakompaniyalardagi suhbatdoshlari “muddati o‘tgan ehtiyot qismlar”dan foydalanilayotganini rad etdi. Qanotlarni mexanizatsiyalash va gidravlik tizimlar kabi “muddati o‘tib ketgan” muhim qismlarni parvozga kiritish istisno hisoblanadi”, dedi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik va biznes transportidan farqli o‘laroq, yirik yo‘lovchi kompaniyalarida mas’uliyat haddan tashqari katta. Yirik tashuvchilar muddati o‘tgan ehtiyot qismlar bilan uchishdan ko‘ra, flotni qo‘ndirishni afzal ko‘radi, deydi ekspertlar hamjamiyatidagi "Kommersant" suhbatdoshi.
Avvalroq "Proyekt" nashri Yevropa va Amerika ishlab chiqaruvchilarining Rossiya Federatsiyasiga samolyot qismlari va butlovchi qismlari importi 2022 yilda 10 baravarga — 430 million dollardan 44 million dollargacha kamayganini hisoblab chiqqan edi. Bundan tashqari, fransuz, nemis va amerikalik yetkazib beruvchilar o‘rnini Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, shuningdek, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kompaniyalari egalladi, ular urushgacha Rossiya aviakompaniyalarining hamkorlari orasida deyarli uchramagan edi, deb yozadi "Proyekt".
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
Mavzuga oid

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025