Kids Central Asia – O‘zbekistondagi yangi yirik sanoat ko‘rgazmasi loyihasidir
25-27 may kunlari Toshkentda respublikamizda ilk marotaba bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tovarlar va xizmatlar “Kids Central Asia” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Yangi ko‘ptarmoqli sanoat loyihasi O‘zbekiston davlat tashkilotlari - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Eksportni rag‘batlantirish agentligi), O‘zbekiston Ta’lim vazirligi, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi, BMC-LLP (O‘zbekiston) va GRAND EKSPO (Rossiya) kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
“Kids Central Asia” professional platformasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va yetkazib beruvchilarga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, tajriba almashish va ishlab chiqarish hamda strategik qarorlar sohasida innovatsion yondashuvlarni namoyish etish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, ularning savdo tarmog‘ini kengaytirish va yangi mijozlarni topish imkonini beradi. Ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kompaniyalari hamda 17 mahsulot guruhida o‘z mahsulotlarini namoyish etadigan xalqaro kompaniyalar ishtirok etadi.
“Kids Central Asia” ishtirokchilari orasida O‘zbekistonning yetakchi bolalar tovarlari va o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchilari: RUBBER TOYS, WERSAID, TOYS CITY, RAINBOW BUSINESS, POLIMER PLASTIK, KINDER TOYS , SUN SHADE, ASIAN TOYS TRADE, ZAK TOYS , ROTI RASTI BARAKA, KAPITAL MET PLAST , KORPORATsIYa DeTSKIX IGRUSheK, VESBINI, METAL LEADER GROUP, HI PACKNOLOGY TM WONDER WOOD, «PANDA» bolalar ortopedik poyafzallari, SAODAT SANOAT SERVIS kabi korxonalar ishtirok etadi.
Shuningdek, xorijning: «SOYuZMULTFILM» kinostudiyasi, LANSI, «VOTKINSKAYa PROMYShLeNNAYa KOMPANIYa» OAJ, LA «MeLNITsA», STeP PAZL, DeSYaTOYe KOROLeVSTVO, ZVeZDA-EKSPORT, LeSeT RUS, PLASTIK ON LAYN, TM BRUNO VISCONTI (ALT), BeLOYe MORe, OPTIPROM-A, WOOD COMPONENT, «NATsIONALNOYe OBRAZOVANIYe» nashriyoti, «ROBINS» nashriyoti, BReND «LOJKA V LADOShKe», DELI, «KUZYa» mebel fabrikasi, TOY MIX va boshqa ishlab chiqaruvchilari qatnashishi kutilmoqda.
“Kids Central Asia” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida ixtisoslashtirilgan biznes va ta’lim tadbirlari, zamonaviy tovar va texnologiyalarni ko‘rib chiqish, yangi litsenziyalangan mahsulotlar va mahalliy brendlar bilan tanishish, turli toifadagi mahsulotlar yetkazib beruvchi va xaridorlari bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.
“Kids Central Asia” biznes dasturida muhokama qilinadigan asosiy mavzular:
1. O‘zbekistondagi innovatsion potensial va biznes muhit. Davlatning onalar va bolalar uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati;
2. O‘zbekistonda bojxona qonunlari va logistika. Iste’molchilar talabi. Savdo-sotiq yo‘nalishlari tuzilishi.Mahsulotlarni sertifikatsiyalash.
3. Savdo munosabatlari marketpleysini rivojlantirish;
4. Animatsiya. Brendlar. Lisenziyalar. Biznes asoslari: ijtimoiy-madaniy jihatlari. Lisenziya talablari. Reytinglar. Moliyaviy jihatlar. Lisenzion shartnoma va huquqiy jihatlar
“Kids Central Asia” loyihasini qo‘llab-quvvatlashga va nafaqat sanoat hamjamiyatimizni mustahkamlash, balki biznes uchun yangi imkoniyatlar ochish maqsadida Markaziy Osiyodagi bolalar uchun xalqaro ixtisoslashtirilgan tovarlar va xizmatlar ko‘rgazmasida ishtirok eting!
“Kids Central Asia” ko‘rgazmasi haqida batafsil ma’lumotni loyihaning rasmiy sayti, shuningdek, telefon orqali: +7 (495) 258 8032 va elektron pochta orqali olishingiz mumkin. anna.antoshina@kidscentralasia.com manziliga yozing.
MEHMONLAR UChUN:
Sayohat va kompaniyalar bilan ish uchrashuvlarini oldindan rejalashtirish uchun sizni elektron ro‘yxatdan o‘tishga va “Kids Central Asia Spring 2023”ga taklifnoma olishga taklif qilamiz. Ko‘rgazmaga bepul tashrif buyurish anna.antoshina@kidscentralasia.com havolasida elektron chipta olish mumkin.
Biznes missiyaning maqsadlari: Markaziy Osiyoning jozibador moliya mintaqasi bozori va chakana savdo korxonalari bilan tanishish, Rossiya kompaniyalari mahsulotlarini potensial O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlarga taqdim etish, B2B uchrashuvlarini o‘tkazish.
Biznes missiyasida ishtirok etish narxi havolada keltirilgan.
Reklama huquqi asosida