Ular orasida materialimiz qahramoni, 17 yildan buyon 1-toifa qandli diabet bilan kasallangan toşkentlik Aleksandra öz fikrlari bilan örtoqlaşdi:

Taşxis va uni qabul qiliş haqida

«Menga darhol qandli diabet taşxisi qöyilmagan. 9 yoşda edim, yaxşi eslayman, Yangi yil bayrami edi, men tez ozişni boşladim. Ikki oy davomida biz buni ötiş davriga, tananing ösib borayotganiga boğliq deb öyladik. Umuman olganda menda hammasi yaxşi edi. Tuğilgan kunimda sodir bölgan bir voqea töğri taşxis qöyişga yordam berdi: taklif qilingan döstlardan biri qizamiq bilan oğrib qoldi va hammamizni tahliliy testlarga yuborişdi, şunday tahlillardan biri qonimdagi qand miqdori litriga 30 millimoldan oşganini körsatdi, bu normadan sezilarli darajada yuqori edi. Keyin meni şoşilinç ravişda kasalxonaga yotqizişdi, tekşiruvlar, röyxatga oliş işlari böldi. Yoşim sababli, kasalligimning oğirligi darajasini tuşunmaganman, eng qiynalgan odam onam bölgan. Endigina men öz ahvolimni töliq anglab yetdim, qandli diabetning asoratlanişi holatlarini öz közim bilan kördim, yoşligida diabet asoratlariga duç kelgan odamlarni bilaman... Şuni angladimki, töğri terapiya, töğri nazorat bilan men töliq hayot keçira olaman va rejalar tuzib, karerada yutuqlarga erişib yaşay olaman. Men öz namunam bilan odamlarni ilhomlantirmoqçiman va boşqalarni qöllab-quvvatlamoqçiman».

Onglilik va öz-özini nazorat qiliş haqida

 «Qandli diabet bilan kasallangan odam duç keladigan eng dolzarb muammolardan biri bu kasallik haqida töğri ma’lumotlarga ega işonçli manbalarni, ayniqsa, özbek tilida topişdir. Bu yöl boşida mening davolovçi şifokorim onam uçun dars ötgan, rus va özbek tillarida heç qanday manba yöq edi. Bugungi kunda bizda internet mavjud va internetdagi maslahatlarga mustaqil ravişda murojaat qiliş odatga aylandi, ammo diabet bilan oğrigan tajribali odam sifatida men ularning aksariyati «yangilarni» hayratda qoldiradigan notöğri ma’lumot berişini, ba’zida hatto bema’ni ekanligini tuşunaman. Bilişimça, mamlakatimizda bemorlar va ularning ota-onalari uçun qandli diabet haqida foydali ma’lumotlarga ega bölgan yagona öquv manbasi yöq. Tajribalarimiz bilan örtoqlaşa oladigan, bir-birimizga yordam beradigan va doimo aloqada böladigan platformaga ega bölsak yaxşi bölardi».

Şuningdek, 77 yoşni qarşilagan, 70 yildan ortiq vaqt davomida qandli diabet bilan yaşayotgan Aleksandr Ivanoviç öz jasorati haqida gapirib berdi. Aleksandr Ivanoviç «Qandli diabet bilan 50 jasoratli yil uçun» Djoslin medali sohibi. Uşbu medal xuddi şu nomdagi Amerika diabetga qarşi ta’lim va tadqiqot markazi tomonidan diabetga qarşi kuraşdagi yutuqlarni e’tirof etiş uçun taqdim etiladi.