Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Baxmutda 100 ming odamidan ayrildi - Jo Bayden
AQSh prezidenti bu darajada yo‘qotishga uchragan shaxsiy tarkibning o‘rnini to‘ldirish qiyinligini ta’kidladi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Rossiya Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun janglarda 100 mingga yaqin harbiy yo‘qotgan. Bu haqda Yaponiyadagi G7 sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi.
Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumini muhokama qilarkan, Bayden 2022 yil yozidan buyon janglar kechayotgan Baxmut haqida eslab o‘tdi. Shu kunlarda Rossiya tomoni shahar to‘liq nazorat ostiga olingani haqida e’lon qilgandi.
«Baxmut atrofida muhokamalar ketmoqda — shahar boy berilganmi yoki yo‘q. Haqiqat shundaki, Rossiya Baxmutda yuz mingga yaqin odamidan ayrildi. Buni to‘ldirish qiyin. U bosib olinganmi yoki yo‘qmi, bu muhim emas, u baribir vayron qilingan shahar», — degan AQSh prezidenti. U Ukrainaning yo‘qotishlariga to‘xtalmagan.
Bungacha AQSh va NATO Rossiya va Ukraina tomonlarining Baxmutdagi yo‘qotishlari to‘g‘risida aniq ma’lumot bermagandi. Mart oyida CNN’ning Shimoliy Atlantika alyansidagi manbasi Rossiya qo‘shinlarining Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun janglardagi harbiy yo‘qotishlari Ukrainanikidan besh baravar yuqori ekanini aytgandi.
- Ukraina QK bosh shtabiga ko‘ra, RFning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshidan buyon 203 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi so‘nggi bor Ukrainadagi yo‘qotishlar to‘g‘risida 2022 yil 21 sentabrida rasmiy ma’lumot bergandi. O‘shanda vazirlik 5937 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqlagandi.
- BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari ko‘ngillilar bilan ochiq ma’lumotlar asosida aniqlashicha, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Ukrainada 22,6 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Lekin qurbonlarning haqiqiy soni bundan bir necha baravar yuqori bo‘lishi mumkin - jamoa faqat rasmiylar tan olgan o‘lim holatlarini hisoblagan.
Mavzuga oid
09:33
Zelenskiy va Uitkoff 15 dekabrda Germaniyada muzokaralarni davom ettiradi
08:40
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
20:30 / 14.12.2025