Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
2023 yil 16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruv kengashining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va inqiroz davrida barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan – «Sarmoya kiritish va barqarorlik» mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Ipak Yo‘li banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator shartnomalarni imzoladi.
Xususan, bank Niderlandiya Taraqqiyot banki «FMO» bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, yashil loyihalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi.
Bundan tashqari, YeTTB qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun Ipak Yo‘li bankiga 20 million dollar ajratishini ma’lum qildi. YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida imzolagan mandat xati, kredit mablag‘laridan «yashil» loyihalarga sarmoya kiritish uchun foydalanishni nazarda tutadi.
Mazkur hujjatlarning imzolanishi Ipak Yo‘li banki va xorijiy moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlik hajmi oshib borayotganidan dalolat beradi va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida bankning raqobatbardosh mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Reklama
Mavzuga oid
16:55 / 24.05.2023
“Ipak Yo‘li” Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi
08:44 / 20.12.2022
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi
18:55 / 15.09.2022
«Ipak Yo‘li» AITB Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan uchinchi marotaba savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi hamkor bank sifatida tan olindi!
19:58 / 15.06.2022