19:00 / 25.05.2023
18323
Reklama

Sovrin jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi President Tech Award tanlovi e’lon qilindi

IT mutaxassislari uchun mo‘ljallangan tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlardan iborat. 

Prezidentning 2022 yil 23 avgustdagi 357-sonli qaroriga asosan sovrin jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etuvchi President Tech Award eng yaxshi startaplar tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov IT sohasidagi yosh startaperlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan. 

President Tech Award – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap loyihalari uchun tanlov.

Musobaqa asosiy va maxsus yo‘nalishlardan iborat. Asosiy yo‘nalish toifalariga quyidagilar kiradi:

  • sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  • ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
  • axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
  • tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
  • kompyuter va mobil o‘yinlar.

Tanlovning har bir toifasi uchun sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi: 

1-o‘rin — $100 000;  

2-o‘rin — $50 000;  

3-o‘rin — $30 000.

Maxsus yo‘nalish esa Hakaton Gran-prisi bo‘lib, bu 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni ko‘zda tutadi. Hakatonda g‘olib bo‘lgan jamoa $100 000 miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqadi.

Ishtirok etish uchun arizalar tanlovning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.

Portal – bu tanlov haqidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilgan veb-sayt. Bu yerda siz jamoalarga qo‘shilishingiz va yo‘nalishlardan birida ishtirok etishingiz mumkin. Keyingi bosqichga o‘tish yoki o‘tmaslik haqidagi ma’lumotlar ham maxsus platforma orqali yuboriladi. 

Hujjatlar 1 iyulgacha qabul qilinadi

1 iyuldan 25 iyulga qadar saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin. Asosiy yo‘nalishda – faqat O‘zbekiston fuqarolari, maxsus yo‘nalishda esa IT Park rezident kompaniyalari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnasha oladi.

Sayt: awards.gov.uz

Telegram: t.me/PresidentTechAward

Murojaat uchun: t.me/uztechaward

Reklama

Top