1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

QR-kodli “metrika”
2023 yil 1 iyundan tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ilganlik bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.
«To‘maris izdoshlari» paydo bo‘ladi
2023 yil 1 iyundan boshlab yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.
Quyidagilar «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlarining asosiy vazifalari bo‘ladi:
- xotin-qizlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etish;
- xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga ko‘maklashish;
- aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishning maqbul yo‘llarini aniqlashda yordam ko‘rsatish;
- o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish.
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlariga imtiyozlar
2023 yil 1 iyundan boshlab:
a) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanadi;
b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga ikki marta temiryo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi;
v) halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga:
ushbu halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) xizmatni o‘tagan mas’ul vazirlik va idoralarning tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish huquqi saqlab qolinadi, shuningdek, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy yordamni ustuvor ravishda olish va navbatdan tashqari shifoxonaga yotqizish imkoniyati yaratiladi;
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi;
navbatdagi yillik mehnat ta’tilidan qulay vaqtda foydalanish, shuningdek, yiliga ikki haftagacha muddatga ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til olish huquqi beriladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida yana bir elektron tizim
2023 yil 1 iyundan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar vazirlikning «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Kontrafakt mahsulotdan himoyalanishning yana bir usuli ishga tushadi
Prezidentning tegishli qarori bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq (sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotini sotish, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish, sifatsiz yoki kontrafakt dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qo‘ygan holda sotish va h.k.) murojaatlar «Soliq hamkor» axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Ayrim tartib va cheklovlar bekor bo‘ladi. Jumladan:
- to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi;
- chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Van Universal Motors “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida FAW texnikalarining yangi modellari bilan qatnashdi
O‘zbekiston | 12:25
Mavzuga oid

12:40 / 28.04.2025
Elektrga yangi tarif, cheklanayotgan fonogramma va mahsulotlarda paydo bo‘ladigan “Halol” belgisi – 1 maydan nimalar o‘zgaradi?

14:47 / 27.03.2025
Kambag‘al oilalarga 22,5 mln so‘m grant, ijtimoiy kartaga “ko‘chayotgan” qog‘ozbozlik va yetim bolalarga g‘amxo‘rlik – 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

19:33 / 25.02.2025
Hokimlarga qo‘shimcha vakolat, avtomatik tayinlanadigan pensiya va skuter uchun “prava” – 1 martdan nimalar o‘zgaradi?

13:09 / 27.01.2025