Anjuman işida Universitetning xalqaro hamkorlari, jumladan, Ruzvelt va Indiana universitetlari, AQŞ elçixonasi Amerika kengaşi, Sulaymoniya – Iroq Amerika universiteti, Toşkent Kimyo xalqaro universitetining Koreys tili markazi, Janubiy Koreyaning Sunçon, Xanyang, Gaçon, Xankyong universitetlari, Bagamadagi Xalqaro banklar va trast kompaniyalar Assotsiatsiyasi, Turkiyaning Nejmiddin Erbakan va Bingyol universitetlari, Malayziyaning Mara texnologik universiteti, Bolgariyaning Varna Menejment universiteti, şuningdek, Namangan viloyati va Namangan şahri hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boşqa xalqaro va mahalliy oliy öquv yurtlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatçilik taşkilotlari va Özbekistondagi xorijiy mamlakatlar diplomatik missiyalari vakillari faol iştirok etdi.

Anjuman iştirokçilari hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini boşqariş muammolari, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartirişga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoşligi va investitsiya faolligini oşiriş yönalişlari, hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erişiş va bank-moliya sohasini rivojlantiriş kabi masalalarida çiqiş qildilar.

Markaziy Osiyoda migratsiya, undagi muammolar, mamlakatlar orasidagi tafovutlar va yeçimlar mavzusida olib borgan tadqiqotlari bilan Indiana universiteti professori Marianna Kamp (AQŞ) çiqiş qildi. Professor hamkasblari tomonidan taşkillangan anjumanda qatnaşişdan va bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ilmiy nuqtayi nazar bilan qaralayotganidan, xalqaro tajribalar tahlil qilinayotganidan xursandligini bildirdi.

Anjuman davomida iştirokçilar sohalar kesimida şu’balarga bölingan holda muammolarni tahlil qiliş, xalqaro tajribani örganiş va yeçimlarni topiş böyiça öz takliflarini berdilar.