Toşkent Kimyo xalqaro universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va ta’lim sifati hamda ilmiy faoliyatni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida yapon delegatsiyasini qabul qildi. Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti boşçiligidagi delegatsiya Toşkentga taşrif buyurdi. Bu taşrif ikki nufuzli universitet örtasidagi özaro döstona munosabatlarni mustahkamlaş va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltirilgan.

Taşrif davomida Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari Toşkent Kimyo xalqaro universitetining ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va talabalarga yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Yapon mutaxassislari universitetning qisqa vaqt içida bunday ulkan yutuqlarga erişgani, öz sohasida xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani haqida ijobiy fikr bildirdi.

Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Haruo Saburi Toşkent Kimyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikning sabablariga töxtaldi:

“Toşkent Kimyo xalqaro universitetining ta’limda amaliy bilimlarga e’tibor qaratişi va jonkuyar yondaşuvi bizda katta qiziqiş uyğotdi. Şu sababdan, biz Toşkent Kimyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda işlaşga qaror qildik. Uşbu memorandum asosida, Toşkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari bizning universitetda öqiş imkoniyatiga ega bölişadi va aksinça, bizning talabalar ham Toşkentda öqib, tajriba almaşadi.

Uçraşuv davomida ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib boriş taklif qilindi va biz bu yönalişda birgalikda işlaşga tayyormiz. Toşkent Kimyo xalqaro universiteti rahbariyatining loyihalarni tez amalga oşirişga intilişi bizga ham uşbu jarayonni tezlaştiriş uçun katta rağbat beradi.

Şuningdek, Toşkent Kimyo xalqaro universiteti yapon tilini örgatişga katta e’tibor qaratmoqçi ekani tahsinga sazovor. Biz bu yölda öz yordamimizni körsatişdan mamnunmiz va kelgusida yapon tilini mukammal bilgan talabalar yetişib çiqişiga işonamiz.