Toşkent Kimyo xalqaro universitetida ilk marotaba innovatsion muhandislik işlarini namoyiş etuvçi “Art Engineering” körgazmasi bölib ötdi. Körgazma ekologik muammolar, ijtimoiy adolatsizliklar, qurilmalar inson vujudining ajralmas bölagiga aylangani va boşqa dolzarb mavzularga qaratilgan eksponatlar namoyiş etildi.
“Art Engineering“ körgazmasi köpçilikda katta qiziqiş uyğota oldi. Körgazmaga taşrif buyuruvçilar ilm-fan va san’at uyğunligini his etiş imkoniyatiga ega böldi. Uşbu körgazmada nafaqat universitet talaba va xodimlari, balki Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov hamda Bolgariya va Qozoğistonda joylaşgan nufuzli universitetlar rektorlari şuningdek, Toşkent Kimyo universiteti bilan yaqindagina hamkorlik aloqalarini yölga qöygan Amerikaning George Fox universiteti professor-öqituvçilari ham iştirok etdi.
Art Engineering – zamonaviy dunyoda texnologiya va san’atning uyğunlaşuvidan kelib çiqqan muhim sohalardan biridir. Bu soha inson yaratgan estetik va funksional asarlarni texnik yondaşuv orqali amalga oşiradi. Art Engineering, asosan muhandislik va san’at sohalarini birlaştirgan holda, yangi va innovatsion yondaşuvlarni tatbiq etadi.
Art Engineering tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadim zamonlardan beri insonlar estetik jihatdan çiroyli va bir vaqtning özida funksional buyumlar yaratişga intilganlar. Misol uçun, qadimgi Misr piramidalari, Rim arxitekturasi va Yunon san’ati bunga misol böla oladi. Biroq, zamonaviy Art Engineering asosan XIX asr oxiri va XX asr boşlarida, sanoat inqilobi va texnologik rivojlanişlar davrida şakllangan.
Universitetning Quriliş laboratoriyasi mudiri Muhammad Maftun körgazma eksponatlari mohiyati bilan taniştirdi:
“Hozir rivojlangan mamlakatlarda “Art Engineering” yönalişi ommalaşmoqda. Bu yönaliş Özbekiston uçun juda yangi, hali yöq desayam böladi. Bu muhandislikning san’at darajasida namoyiş etilişi, ya’ni biror san’at asarini muhandislik orqali ifodalab beriş. Körgazmalar biror global muammoni olib çiqiş uçun xizmat qiladi. Har bir eksponatimizda biror muammoni köriş mumkin. Masalan, ekologiya – insonlar tabiatni asraşlari, yoki insonlarning sun’iy intellektga qaramligi – biz har tomonlama signallar bilan örab taşlanganmiz. Ya’ni inson inson bölib qolişi kerak, sun’iy intellektning öz çegarasi bor. Şu kabi muammolarni muhandislikning san’at darajasi bilan yoki san’at işlanmalarini muhandislik orqali körsatib beriş nazarda tutilgan”.















