Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning qalbaki pasporti bilan Qirg‘izistonga o‘tgan rossiyalik ushlandi
Safarbarlikdan qochib, Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda kirgan rossiyalikka bir yil qamoq jazosi berildi.
Harbiy safarbarlikdan qochib, Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan Rossiya fuqarosi D. ushlandi va sud tomonidan bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qayd etilishicha, D. xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lmagan va avval sudlanganligi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qaramay, Rossiyadagi harbiy safarbarlikdan qochgan holda Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Erkak taksida Olmaota (Qozog‘iston) shahriga, so‘ngra u yerdan Qirg‘iziston chegarasiga borib, Chuy viloyatidagi «Havayi» mehmonxonasi yaqinida O‘zbekiston Respublikasining soxta pasportidan foydalanib, chegaradan o‘tgan.
Sud jarayonida erkak o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan, qilmishidan pushaymonligini bildirgan.
Bishkek shahri sudi uni bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy rejimdagi koloniyada o‘tashga hukm qildi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, rossiyalik Qirg‘izistondan chiqarib yuboriladi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026