Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2030 yilgacha Oyga odamlarni yuborishini e’lon qildi
AQSh ham shunday rejaga ega ekani hisobga olinsa, Oyni egallash borasida poyga boshlanib ketishi mumkin.
Foto: Getty Images
Xitoy 2030 yilgacha Oyga odamlarni yuboradi. Bu haqda mamlakat Kosmik parvozlar dasturi boshqarmasi (CMSA) direktori o‘rinbosari Lin Sitsyan ma’lum qildi.
2022 yil noyabr oyida Xitoy «Tyangun» kosmik stansiyasi qurilishini yakunladi. Mamlakat hozir Oyda doimiy yashash bazasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Qo‘shma Shtatlar uchun ham xuddi shunday rejalar borligi hisobga olinsa, yaqin orada Oy yuzasini egallash borasida huquqiy va manfaatlar bo‘yicha poyga boshlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, NASA 2024 yilda «Orion» kosmik kemasida kosmonavtlarni Oyga yuborishni, 2025 yilda esa ularni Oyga qo‘ndirishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Xitoy Chinese Lunar Exploration Program (CLEP) dasturi doirasida 2030 yilgacha Oyga odamlarni qo‘ndirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi.
CLEP dasturi to‘rt bosqichdan iborat. Birinchi uchtasi muvaffaqiyatli yakunlandi va bir yil oldin Xitoy hukumati o‘z olimlariga to‘rtinchisini boshlashga ruxsat berdi. Bu, boshqa narsalar qatori, odamlarni Yerning sun’iy yo‘ldoshiga yuborishni nazarda tutadi.
«2030 yilga borib xitoyliklar Oyga qadam qo‘yishi aniq. Bu muammo emas», degan edi Veyren Vu, CLEP rahbarlaridan biri.
Mavzuga oid
01:20 / 10.05.2026
Si Jinping o‘z generallariga ishonmay qo‘ydi – OAV
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
09:22 / 06.05.2026