Toshkentdagi franshiza asosida SEG TASCO avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan yangilik
O‘zbekistonda aholini sifatli avtomobil yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar va xorijiy investorlar tomonidan yangi ko‘rinishdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushirilmoqda. Shunday shoxobchalardan biri SEG TASCO brendi ostida faoliyat boshladi.

Foto: SEG TASCO
Mazkur shoxobchalarning boshqalaridan farqi – bu yerda xizmat ko‘rsatishning ko‘p tarmoqli usuli yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, elektromobillar uchun quvvatlash uskunalari, avtomobillar uchun barcha markadagi sifatli yoqilg‘i turlarini topish mumkin. SEG TASCO’da:
- Sifatli AI-80, AI-92, AI-95 markali avtomobil benzinlari;
- Elektromobillar zaryadlash uskunalari;
- 24/7 tartibida ish faoliyati;
- Haydovchilar va yo‘lovchilar uchun salqin hamda issiq ichimliklar;
- Yuridik shaxslar uchun pul o‘tkazish yo‘li bilan mahsulotni xarid qilish imkoniyati;
- Avtomobillar uchun aksessuarlar do‘koni mavjud.
Iste’molchilar uchun yana bir yangilik, shoxobchada AI-98 markali import avtobenzini 1 litr uchun 14000 so‘mdan sotuvga chiqarilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, adolatli raqobat uchun sharoit yaratish, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hisobiga chinakam erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun asos bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda keskin ortib borayotgan avtomobillarga sifatli yoqilg‘i mahsulotlarini yetkazib berishda ham tadbirkorlarning, ham xorijiy investorlarning o‘rni beqiyos.
SEG TASCO brendi ostida faoliyat yuritayotgan zamonaviy Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ta’sischisi xorijiy investorlar bo‘lgan “SEG TASCO” MChJ “Energy Oil Group” MChJ bilan franshiza shartnomasiga asosan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi (avvalgiSarakul ko‘chasi) 70 uyda joylashgan.
Ma’lumot uchun: +998 55 506 40 40, +998 94 673 45 02
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 11:45
-
Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi uchrashuvida qatnashmaydi
Jahon | 11:15
-
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 11:00