Haaga sudi Yugoslaviyaning sobiq rahbarlarini 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi
Haaga shahridagi BMT sudi sobiq Yugoslaviya xavfsizlik xizmati rahbari Yovitsa Stanishich va uning o‘rinbosari Frank Simatovichni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Yovitsa Stanishich va Frank Simatovich / MICT
The Balkan Insight xabariga ko‘ra, ularning qotillik, deportatsiya va g‘ayriinsoniy muomalaga aloqadorligi aniqlangan. Bundan tashqari, sud Stanishich va Simatovichni Serbiya prezidenti Slobodan Miloshevich boshchiligidagi fitnada muhim rol o‘ynagan deb hisobladi. Uning maqsadi xorvatlar va bosniyalik musulmonlarga qarshi etnik «tozalash» edi.
Mahkumlar ayblangan jinoyatlar 1992 va 1995 yillarda Bosniya va Hersegovina hududida sodir etilgan. Xususan, 1992 yilda Serbiya kuchlari Bosanski-Shamats shahrini egallab olgan, shundan so‘ng u yerda bosniyaliklar va xorvatlar uchun oltita hibsxona tashkil etilgan, unda asirlar kaltaklangan va qiynoqqa solingan. Shaharda tinch aholini talon-taroj qilish, zo‘rlash va sudsiz qatl qilish holatlari ham sodir etilgan.
Stanishich va Simatovich ishi bo‘yicha sud jarayoni 2003 yildan beri davom etmoqda. O‘sha paytda BMT sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunali ularni hibsga olish va Haagaga ekstraditsiya qilishga erishgan edi. O‘n yil o‘tgach, ayblanuvchilar oqlandi, ammo 2015 yilda ayblov bu qaror ustidan shikoyat qildi. 2017 yilda tribunal o‘z ishini yakunladi va ish BMT sudiga yuborildi.
2021 yilda sud ikkalasini ham 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ayblanuvchilar hukm ustidan shikoyat qilishdi va yangi sud jarayoni boshlandi. 31 may kuni chiqarilgan hukm (15 yillik qamoq jazosi) yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilinishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order

12:20 / 05.12.2024
“Isroil BMT bilan himoyalanib, genotsid uyushtirmoqda” - Francheska Albaneze

19:41 / 18.10.2024
Makron yana bir bor Isroilni Livandagi harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi

23:37 / 17.10.2024