Jamiyat | 19:42 / 01.06.2023
23730
2 daqiqa o‘qiladi

Va nihoyat... Nazarbekdagi “tuya go‘shtini yegan” ko‘prik bitish arafasida

Toshkent shahrini Zangiota tumani Nazarbek shaharchasi bilan bog‘lovchi tunnel yo‘li va temiryo‘l ko‘prigining qurilishi yakunlanmoqda. Bu loyiha ijrosi bir yildan ortiq muddat kechikdi. Kun.uz bu mavzuni bir necha marta yoritib, qurilishning kechikish sabablari va aholi murojaatlarini o‘rgangandi. Ko‘prikning foydalanishga topshiriladigan taxminiy sanasi ma’lum bo‘ldi.

Tirbandliklarni kamaytirish, harakat tezligi va o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida temiryo‘l ostidan tunnel o‘tkazish ishlari 2021 yil dekabr oyidan boshlangan.

Qurilish sabab yo‘llar bekilishi ortidan mahalliy aholi 15 km masofadan aylanib o‘tishiga, ko‘pchilik avtomobillarini temiryo‘lning bu tomonida qoldirib, uyiga piyoda borishga odatlanib qolgan.

Qurilish kechikib ketishiga hududdagi “snos” masalalari va boshqa muammolarning hal etilmayotgani sabab ekani aytilgandi.

2022 yil 23 aprelda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishlarni tezlashtirish bo‘yicha Zangiota tumani mutasaddilariga topshiriq bergandi. Ushbu loyihaga qurilish uchun 72,9 mlrd so‘m ajratilib, jami 23 ta uylar, do‘konlar va noturar joy buzilishi ko‘zda tutilgandi.

Shundan 6 oy o‘tgach, o‘tgan yilning oktabr oyida Zoyir Mirzayev hududga borib, holatni yana o‘rgandi. Hokim qurilish mas’ullariga 2 smenada ishlovchi xodimlar ro‘yxatini shakllantirish va texnikalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq bergan

Keyinroq 2023 yil so‘ngigacha qurib bitkazilishi va’da qilingan ko‘prik, Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning taxminan 5 iyun sanasida ochilishi va foydalanishga topshirilishi mumkin.

Mavzuga oid