Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy viloyatlari ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar sekundiga 24 metr esayotgan kuchli shamol tufayli yuz beryapti.
«Shu sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratildi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Buning natijasida bir nechta nasos stansiyalar, aholi hamda yuridik iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilyapti.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
20:10 / 15.05.2026