Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Saudiyaga kelmaydi. U Bekhemning taklifini qabul qilgan
Argentinalik futbolchi «Barselona»ga ham qaytmaydi, «Al-Hilol»ga ham o‘tmaydi.

«PSJ» bilan shartnomasi muddati yakunlangan Lionel Messi Amerikaning «Inter Mayami» klubiga o‘tadi. Bu ma’lumotni taniqli ispaniyalik futbol jurnalisti Gilem Balaga BBC nashriga tasdiqlagan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubining yiliga 400 mln yevrodan to‘lashni nazarda tutuvchi ikki yillik shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan.
Yana bir jurnalist Migel Rikoning aytishicha, Messi «Barselona» rahbariyatini klubga qaytmoqchi emasligi haqida xabardor qilgan.
Jurnalist Ernan Kastilo ham Messi afsonaviy futbolchi Devid Bekhemga tegishli bo‘lgan «Inter Mayami» klubiga o‘tishga rozilik bergani haqida yozgan. Amerikaliklar klubi u bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Shu tariqa, u faoliyatida ilk bor Yevropadan tashqarida o‘ynaydigan bo‘lmoqda.
Lionel Messi Yevropada yana bir mavsum qolmoqchi edi, ammo yetarli darajada jozibador takliflarga ega bo‘lmadi – sobiq klubi «Barselona» moliyaviy muammolar va la ligadagi cheklovlar tufayli uni qaytara olmadi. Natijada unda faqat «Inter Mayami» va Saudiyaning «Al-Hilol» klublaridan birini tanlash varianti qolgandi.
Uning tanlovida Amerikadagi hayot tarzi, Floridadagi iqlim va bu yerda ko‘pchilik ispan tilida so‘zlashishi, shuningdek futbol doirasida yirik brendlar bilan kelishuvlar tuzish imkoniyati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qolaversa, uning Mayamida uyi bor va hozirda ijaraga berilgan.
Amerika klubi bilan kelishuv Adidas va Apple kabi grandlar bilan shartnomalarni ham o‘z ichiga oladi. Nufuzli The Athletic nashri Messi MLS chempionatiga o‘tish orqali ega bo‘ladigan imtiyozlar haqida ma’lumot bergan:
- Messi Apple+ kompaniyasining MLS o‘yinlari va kontentini tomosha qilishni boshlagan yangi obunachilaridan foydadan ulush oladi;
- Messi adidas’ning ayrim mahsulotlari sotuvidan foyda ola boshlaydi;
- Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin MLS chempionatidagi istalgan klubni xarid qilishi mumkin bo‘ladi.
Ayni vaqtda 35 yoshda bo‘lgan Lionel Messi yetti bor dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan va Argentina bilan jahon chempioni bo‘lgani tufayli u bu yil ham ushbu sovringa ega chiqishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Assalomu alaykum” bo‘lmaguncha, ruxsat berishmaydi - tadbirkor qurilishdagi korrupsiya haqida
Iqtisodiyot | 21:05
-
Sud qarori ham yordam bermadi: Urgutda klaster fermerlar qarzini to‘lamayapti
O‘zbekiston | 21:00
-
Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligini aytdi
Jahon | 20:57
-
Xitoy global boshqaruvni qo‘liga olmoqchi – ShHT sammiti qanday tugadi?
Jahon | 20:49
Mavzuga oid

20:34 / 15.08.2025
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Grandlar yozgi transferlarni qanday o‘tkazdi?

18:24 / 15.08.2025
Ikki turlicha kampaniya. «Real» va «Barsa»ning yozgi transferlari haqida

14:12 / 27.07.2025
«Liverpul» bozorni portlatmoqda: klub yangi futbolchilar uchun allaqachon 300 mln yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi

11:12 / 23.07.2025