Jahon | 20:52 / 08.06.2023
10611
2 daqiqa o‘qiladi

Arktika va Antarktidaning yangi xaritasida muz qatlamining keskin kamaygani ko‘rsatildi 

Yangi xarita dengiz muzlari ko‘lami, yangilangan shaharlar va aeroportlar hamda muzliklarning yangi chegaralari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 

Foto: Getty Images

Global iqlim isishi oqibatida qutb muzliklarida yuzaga kelgan keskin o‘zgarishlar Britaniya Antarktika xizmati (BAX) tomonidan tayyorlangan Antarktida va Arktika xaritasining yangi nashrida aks ettirildi. 

Xarita tezkor o‘zgarayotgan sharoitlarni kuzatib borish uchun doimiy ravishda yangilanib turishga muhtoj, deb yozdi Sky News. 

Arktika va Antarktida xaritasi

Xaritada dengiz muzlari darajasi, Arktikadagi shaharlar va aeroportlar haqidagi yangi ma’lumotlar, shuningdek, yirik aysberglarning parchalanishidan so‘ng Antarktida muzlik shelfining yangi konturlari bor. 

Arktika xaritasi 60° shimoldagi barcha quruqlik va okeanlarni qamrab oladi. Endi u Kanada Arktikasidagi ko‘plab shaharlarning mahalliy nomlarini aks ettiradi. 

Fizik o‘zgarishlar o‘z ichiga Grenlandiya va Shpitsbergendagi ko‘plab yirik muzliklarning chekinishini aks ettiruvchi yangi chegaralar va ularning atrofidagi landshaftlarning moslashishi natijasida yuzaga kelgan ko‘llarni oladi. 

«Qutb mintaqalari iqlim o‘zgarishi ta’siridan ham, infratuzilma va transport yo‘nalishlarining yaxshilanishi tufayli ham tez o‘zgarib bormoqda, shuning uchun biz zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun bu xaritalarni tez-tez yangilab turishimiz kerak», dedi BAX kartografi Yelena Fild. 

«Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan olingan geografik ma’lumotlar bizga qit’ani qush uchadigan balandlikdan ko‘rish imkonini beradi, bu esa xaritani mukammallashtiradi», deb qo‘shimcha qildi Fild. 

Xaritalar Arktika landshaftining muhim va tez o‘zgaruvchan tomonlari bo‘lgan abadiy muzlik va quruqlik qoplamini ko‘rsatadigan to‘rtta ichki xarita bilan to‘ldirilgan. Ular dengiz muzining o‘rtacha 30 yillik darajasini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid