O‘zbekiston | 18:50 / 09.06.2023
8534
4 daqiqa o‘qiladi

“NEWPORT” loyihasi xalqaro mukofotda 6 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi

Foto: NEWPORT

Ko‘chmas mulk yo‘nalishida dunyoning nufuzli mukofotlaridan biri – “International Property Awards” O‘zbekistondagi “ONE HOUSE” kompaniyasini “NEWPORT” loyihasi uchun xalqaro darajadagi 6 ta mukofot bilan taqdirladi.

“ONE HOUSE” kompaniyasi ko‘p funksiyali turar joy binolari va biznes markazlaridan tashkil topgan “NEWPORT” loyihasini taqdim etdi. “International Property Awards Asia Pacific”ning hakamlar hay’ati a’zolari uni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholadilar:

  • “O‘zbekistondagi eng yaxshi mixed-use arxitekturasi”
  • “O‘zbekistondagi mixed-use konsepsiyasini rivojlantirish”
  • “O‘zbekistondagi barqaror tijoriy taraqqiyot”
  • “O‘zbekistondagi eng yaxshi turar joy majmuasi”
  • “O‘zbekistondagi eng yaxshi developer veb-sayti”
  • “O‘zbekistondagi eng yaxshi developer marketingi”

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “O‘zbekistondagi eng yaxshi mixed-use arxitekturasi” va “O‘zbekistondagi eng yaxshi turar-joy majmuasi” yo‘nalishlarida “NEWPORT” loyihasi eng yuqori baho – 5 ta yulduzni qo‘lga kiritdi. Bu – loyihaning mazkur segmentdagi yetakchilardan biri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

“ONE HOUSE” kompaniyasining asosiy maqsadi – texnologik jihatdan qulay, xavfsiz, zarur sharoitlarga ega innovatsion loyihalar yaratish. “NEWPORT” majmuasining yaralishiga aynan shular asos bo‘lgan.

“NEWPORT” – 400 ming kvadrat metr maydonni egallagan, premium toifaga mansub poytaxtning eng yirik majmualaridan biri bo‘lib, 6,8 gektar maydonda barpo etiladi. Majmua 15 ta blokdan tashkil topgan noyob “shahar ichidagi shahar” konsepsiyasiga ega. Bu yerda yopiq va qo‘riqlanadigan hovliga ega turar joy bloklari, A klassdagi biznes markazlar, 5 yulduzli mehmonxona, apart-otel, klinika, bolalar bog‘chasi, butun hudud bo‘ylab joylashgan tijoriy binolar va ikki qavatli yerosti avtoturargohi o‘rin oladi.

“NEWPORT”ning yana bir o‘ziga xosligi – hududdagi ko‘p sonli yashil maydonlar va kanal bo‘ylab joylashgan bir kilometr uzunlikdagi xiyobon hisoblanadi.

“NEWPORT” Toshkentning nufuzli qismida va to‘rtta yo‘l kesishmasida barpo etilmoqda. Loyiha qulay joylashuvga ega, unga yaqin hududlarda shaharning muhim ijtimoiy obektlari: bog‘lar, maktablar, bolalar bog‘chalari, klinikalar, mehmonxonalar, biznes markazlar, eng muhimi 5 daqiqalik masofa uzoqligida Toshkent xalqaro aeroporti mavjud.

Xorijlik mutaxassislar ishtirokida jahon standartlariga binoan barpo etilayotgan loyiha seysmik barqarorlikning barcha talablariga javob bera oladi.

“NEWPORT” loyihasi zamonaviy “mixed-use” konsepsiyasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, uning hududida qulay hayot kechirish uchun kerakli barcha obektlar bir-biriga yaqin masofada joylashadi.

Siz “NEWPORT” majmuasidagi xonadonlarni moslashuvchan foizsiz muddatli to‘lov dasturi va eksklyuziv shartlar asosida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun “NEWPORT”ning quyidagi manzilda joylashgan savdo bo‘limiga tashrif buyurishingiz mumkin:

Toshkent, Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 190.

Telefon raqamlar:

Qisqa raqam 1329

+998993661111

Telegram: t.me/newportuz

Instagram: instagram.com/newport.uz

Facebook: facebook.com/newport.uz

Veb-sayt: www.newport.uz

Reklama