O‘zbekiston | 11:26 / 09.06.2023
13233
1 daqiqa o‘qiladi

Parkentda gaz quyish shoxobchasida turgan «Nexia» portlab ketdi

«Nexia-1» avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta «Damas» rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan 

Bugun, 9 iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumani «Qayilma» MFY, Alisher Navoiy shohko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining birida portlash sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, «Nexia-1» rusumli avtomashinaga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gazballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan. 

Oqibatda, «Nexia-1» avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta «Damas» rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan. 

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid