Parkent tumanida yuk avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toşkent viloyati Parkent tumani hududidan ötgan 4R15 Qiziltoğ-Parkent-Yangibozor avtomobil yölining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarşisida) YTH kuzatildi.
Toşkent viloyati IIBB YHXB xabariga köra, haydovçi, 2000 yilda tuğilgan R.N “KAMAZ” rusumli yuk maşinasini boşqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli özi bilan bir yönalişda bölgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti rusumli transport vositalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq.
Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi bölimi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















