O‘zbekiston | 09:48 / 21.08.2024
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Parkentda «Uzum sayli» xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent viloyatining eko va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida joriy yilning 23-24 avgust kunlari Parkent tumanida «Uzum sayli» xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Foto: uzbektourism.uz

Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilinayotgan tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashinish, ekoturizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.

Festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi.

Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.

Mavzuga oid

E`lonlar