Putin birinchi marta Ukraina qarshi hujumiga izoh berdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum boshlangani aniq, ammo Ukraina qo‘shinlari o‘z maqsadlariga erisha olmadi. Rossiyaga esa zamonaviy qurollar yetishmayapti.
Aniq aytish mumkinki, Ukraina qarshi hujumi boshlandi. Strategik zaxiralardan foydalanish boshlangani ham bundan dalolat bermoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Ukraina qo‘shinlari hech qaysi hududda o‘z maqsadlariga erisha olmadi, biroq Ukraina Qurolli Kuchlarining hujum salohiyati hali saqlanib qolmoqda. Rossiyada hamon zamonaviy qurollar yetishmaydi, ammo harbiy-sanoat kompleksi jadal rivojlanmoqda, unga yuklangan barcha vazifalar bajariladi, dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda Ukraina harbiylari orasida yo‘qotishlar keskin oshgan.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina qarshi hujumi boshlanganini ma’lum qilgandi. 6 iyun kuni u «dushman hujumini qaytarish jarayonida» 71 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida xabar berdi. 8 iyun kuni esa Ukraina Zaporijjya yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilganini, «ikki soatlik jang»dan keyin dushman to‘xtatilganini aytdi. Bundan tashqari, 8 iyun kuni Shoygu sanoatdan urush zonasiga barcha turdagi harbiy texnikani yetkazib berishni tezlashtirishni so‘radi.
Ukraina rasmiylari hujum boshlanganini rasman e’lon qilmadi. Biroq, g‘arb nashrlari, jumladan, ABC News va The Washington Post o‘z manbalariga tayanib, Ukraina qarshi hujumi boshlangani haqida yozdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq harbiy harakatlarni boshlash jadvali tasdiqlangani va «barcha qarorlar qabul qilinganini» aytgan edi.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
22:15 / 12.11.2024