Toshkent shahrini Nazarbek shaharchasi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi
Salkam 1 kilometrlik uzunlikdagi ko‘prik qurilishi 2021 yil oxirida boshlangan edi. Yo‘l o‘tkazgich qurilishi natijasida poyezd va avtomobillar yo‘llari kesishuvi sabab hosil bo‘ladigan tirbandliklarga barham berildi. Rasmiylarga ko‘ra, inshoot qurilishiga 113 milliard so‘m sarflangan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
4R253 avtomobil yo‘li bilan kesishgan temiryo‘ldan har kuni yuk poyezdlari o‘tib turar, bu paytda avtomobil yo‘li shlagbaum bilan yopilib, yo‘llar to‘silardi. Ba’zida manyovr teplovozi yo‘lni almashtirib olishi uchun qariyb 10 daqiqagacha to‘sib qo‘yilardi. Ayniqsa, ertalab va kechqurun yo‘lning yopilishi natijasida Toshkent shahriga ishga kelayotgan va ishdan qaytayotgan aholining avtotransportlaridan iborat ulkan tirbandlik hosil bo‘lardi.
Hudud aholisidan tushgan ko‘plab murojaatlar natijasida 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori asosida “Toshkent shahri – Turkiston sh/x – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3 kilometridagi temiryo‘l ustidan yo‘l o‘tkazgich qurish” loyihasi ishlab chiqilgandi.

Ushbu yirik loyihaning dastlabki qurilish ishlari 2021 yilning so‘nggi oylarida boshlangandi. Loyihani ijro etish bir necha marta to‘xtab qolgan, bunga viloyat hokimligi rahbariyatining qo‘nimsizligi ham sabab bo‘lgandi. Nihoyat Zoyir Mirzayevning sa’y-harakatlari natijasida ushbu masalada oldinga siljish kuzatildi, to‘xtab qolgan ishlar davom ettiriladigan bo‘lgandi.

10 iyun kuni uzunligi 940 metr 20 eni metrni tashkil etgan ko‘prik foydalanishga topshirildi. Kuniga 30 ming mashina va 24 ming piyoda o‘tib-qaytuvchi Nazarbek ko‘prigi foydalanishga topshirildi.

Toshkentda viloyat hokimligi matbuot xizmati bosh pudratchi – “Ko‘prik qurish Tresti” DUKning 13-ko‘prik qurish otryadi tomonidan obektda qurilish-montaj ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qilgan.






Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:04
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025