Bepul maktab avtobuslari birinchi bo‘lib Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yiladi
Qoraqalpog‘istondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida.

Foto: O‘zLiDeP matbuot xizmati
Liberal-demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. U o‘tgan yillar davomida qilingan ishlar va oldindagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda:
- Qoraqalpog‘istonda 51 ming oilaning uy-joy sharoiti yaxshilandi;
- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini 71 foizga yetdi;
- Orol dengizining qurigan hududi o‘rnida 1 million 800 ming gektar yashil o‘rmonzor barpo etildi;
- bog‘chalar qamrovi 28 foizdan 81 foizga, ularning soni esa 317 tadan 1 ming 600 taga ko‘paydi;
- 172 ta maktab mukammal ta’mirlangani, 104 ta maktabda qo‘shimcha binolar barpo etilgani hisobiga, 118 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi;
- Qoraqalpog‘istondagi oliygohlar soni 2 barobar ko‘payib, 12 taga yetdi;
- oliygohlarga qabullar soni esa 3,5 marta oshib, qamrov 19 foizdan 46 foizga o‘sdi. Hozirgi vaqtda bu yerda 58 ming talaba tahsil olmoqda.
“Albatta, qilingan ishlar haqida ko‘p gapirish mumkin, lekin islohotlarimiz natijasiga baho beradigan eng xolis hakam, bu – xalqimiz”, – dedi prezidentlikka nomzod.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, Qoraqalpog‘istonda 160 ta yangi bog‘cha quriladi va ta’mirlanadi, 2 mingta xususiy bog‘cha tashkil qilinadi.
“Biz kelgusi 7 yilda qo‘shimcha 100 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratamiz. Bunda, 30 ta yangi maktab va 150 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 350 tasi ta’mirlanadi.
Ixtisoslashgan maktablar soni esa, 2 karra oshirilib, 32 taga yetkaziladi. Natijada, Qoraqalpog‘istondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi.
Biz 1-4– sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berishni Qoraqalpog‘istondan boshlagan edik. Endi, olis va chekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borishi uchun avtobus qatnovini ham, birinchi bo‘lib shu zamindan boshlaymiz”, – dedi Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025