“Ochiq budjet”da g‘olib bo‘lish uchun 1,5 ming ovoz yetarli bo‘ladi
Aholining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari bo‘yicha 500 milliard so‘m penya kechib yuboriladi.

Rasmiy foto
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk saylovoldi tashviqotini Nukus shahrida, qoraqalpog‘istonlik saylovchilar qarshisida o‘tkazdi. Prezident o‘z nutqida qator yangiliklarni e’lon qildi.
“Mahallaning moliyaviy mustaqilligini oshirish bo‘yicha ham qator yangiliklar qilinadi. Bu borada, aholidan yig‘iladigan mol-mulk va yer soliqlari yagona mulk solig‘i bo‘lib birlashadi va aholidan undiriladigan qismi mahalla budjetiga to‘liq o‘tkaziladi. Bu – Qoraqalpog‘istondagi mahallalar ixtiyorida har yili 230 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoladi, degani.
Shuningdek, mamlakat bo‘yicha aholining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari bo‘yicha 500 milliard so‘m penya kechib yuboriladi. (Qoraqalpog‘istonda 20 milliard so‘m).
Shu bilan birga, mahallalar uchun “Ochiq budjet” imkoniyatlarini yanada kengaytiramiz va unga ajratiladigan mablag‘larni 3 karra oshiramiz. Endi, “Ochiq budjet” loyihalari g‘olib bo‘lishi uchun 1,5 ming ovoz yetarli bo‘ladi va ushbu maqsadlar uchun yil yakuniga qadar yana 1,2 trillion so‘m ajratamiz”, – dedi Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

09:59
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

19:04 / 25.03.2025