O‘zbekiston | 21:48 / 12.06.2023
10639
4 daqiqa o‘qiladi

Oliy sud Nukus voqealari bo‘yicha ba’zi mahkumlar jazosini yengillashtirdi

Ularning ba’zilari ozodlikka chiqarildi, ayrimlarining jazosi yengillashtirildi, xatlovdan o‘tkazilgan mulki qaytarildi. 

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Oliy sudda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2023 yil 17 martdagi hukmi ustidan 28 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan jinoyat ishining ushbu shaxslarga oid qismi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi. 

Oliy sud ajrimiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi quyidagicha o‘zgartirildi: 

I. Polatov, P. Yesengeldiyev, I. Aitmuratov, I. Saparov, R. Jumabayev va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar to‘liq qanoatlantirildi. 

Bunga ko‘ra: I. Polatovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga; 

P. Yesengeldiyev va I. Aitmuratovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga; 

I. Saparov va R. Jumabayevga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi. 

Ularning ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan chegirilib, barchasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi. 

D. Nadirbayev, A. Yesemuratov, Z. Pirjanov, R. Dosimbetov, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, R. Baimbetov, Z. Tadjimuratov, K. Yeshjanov, A. Allanazarov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, A. Omirzakov, A. Sariyev, K. Bekpolatov, N. Duysenbayev va ularning himoyachilarining shikoyatlari qisman qanoatlantirildi. 

Bunga ko‘ra: D. Nadirbayev va A. Yesemuratovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil; 

Z. Pirjanov, Q. Baxiyev va R. Baimbetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil; 

R. Dosimbetov va A. Allanazarovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil; 

N. Bauyetdinovga tayinlangan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil 6 oy;

Z. Tadjimuratov va A. Omirzakovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 7 yil; 

K. Yeshjanov, N. Baylepesov va A. Jumabekovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil; 

A. Sariyev va K. Bekpolatovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil; 

N. Duysenbayevga tayinlangan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirildi. 

Birinchi instansiya sudi hukmining K. Begaliyev, N. Xabipov, D. Ramanov, Sh. Ashirbekov, O. Kurbanov, M. Raxmanov, O. Dosnazarov va ularning himoyachilarining shikoyatlari qanoatlantirilmasdan, sud hukmining ularga oid qismi esa o‘zgarishsiz qoldirildi. 

Shuningdek, sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llagan holda jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan D. Nadirbayev, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, A. Jumabekov, P. Yesengeldiyev, R. Dosimbetov, O. Dosnazarov, R. Jumabayev, Z. Tadjimuratovga tegishli mol-mulklar Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishi belgilandi. 

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Mavzuga oid