Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi
Tadbir 7-10 sentabr kunlari tashkil etiladi.
«Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, festival 2023 yil 7–10 sentabr kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi.
Festivalni o‘tkazish tartibi bo‘yicha nizomga ko‘ra, tadbir har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi:
- sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;
- ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;
- naqqoshlik va kashtado‘zlik san’ati ko‘rgazmasi;
- kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi;
- o‘zbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi.
Festival doirasida xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan «Eng yosh ishtirokchi», «Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi sportchi», «Faxriy sportchi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
12:02
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026