Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2,2 mln kishi;
- dam olish — 169,8 ming kishi;
- davolanish — 44,4 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 36,8 ming kishi;
- tijorat — 9,1 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 2,4 ming kishi.
Bundan oldin yil boshidan beri 2,7 mln o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar berilgandi.
Bundan tashqari, dam olish maqsadida 435,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 112,1 ming kishi chetga chiqib ketgan.
Shuningdek, davolanish uchun 34,9 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 9,2 ming kishi chiqib ketgan.










