O‘zbekistonning bir qator elchixonalarida transport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Shuningdek, Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi.
«Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Transport vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etildi:
- Transport nazorati inspeksiyasi;
- Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
- O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi.
Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Transport nazorati inspeksiyasiga o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun quyidagi vakolatlar beriladi:
- avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
- avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun to‘xtatish.
O‘zbekistonning Xitoy, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Eron va Latviyadagi elchixonalarida transport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
2023 yil 1 sentabrgacha jamoat transportida tashish sifatini yaxshilash va xizmatlar jozibadorligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashuvchilar reytingini joriy etish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarining HR bo‘linmalari faoliyati baholab boriladi
O‘zbekiston | 08:21
-
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
Jamiyat | 08:07
-
Tramp Xitoy uchun tariflarni 125 foizgacha ko‘tardi
Jahon | 08:00
-
Tramp tariflarining ilk kuni: investorlar dollar va AQSh obligatsiyalaridan voz kechdi, Xitoy tariflarni 84 foizga oshirdi
Jahon | 07:57
Mavzuga oid

14:50 / 23.03.2025
Saudiya Arabistonida hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

17:40 / 09.02.2025
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi migrantlarga huquqiy holatini qonuniylashtirishni taklif etdi

12:04 / 23.01.2025
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi

00:56 / 17.01.2025