O‘zbekiston | 11:55 / 16.06.2023
12015
4 daqiqa o‘qiladi

Doimiy passiv daromad manbaiga ega bo‘lmoqchimisiz? Unda apart-mehmonxona turar-joylari - siz uchun ideal tanlov

Ko‘chmas mulk har doim ishonchli va daromadli investitsiya obektlaridan biri bo‘lib kelgan. Zamonaviy dunyoda esa ko‘chmas mulkning apart-hotel'lar varianti ham mavjud bo‘lib, ular yildan yilga ko‘proq investorlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Apart-hotel'larning o‘ziga xosligi va investitsiya uchun ideal tanlov bo‘la olishiga sabab nimada?

Foto: Apart-hotel

Apart-hotel - mehmonxona qulayligi va turar joy afzalliklarini birlashtirgan o‘ziga xos kombinatsiyadagi majmua hisoblanadi. Bu turdagi majmuada har bir xonadon o‘z yotoqxona, ish zonasi, oshxona va hammomiga ega zamonaviy studiya formatidagi turar joy hisoblanadi. Bunday qulayliklar apart-hotel'ni uzoq muddatga yashash va ijara biznesi uchun ideal qila oladi.

Apart-hotel'larga sarmoya kiritishning asosiy afzalliklaridan biri ularning barqaror passiv daromad keltira olishidadir. Hammasi oson: apart-hotel majmuasidagi xonadonini ijaraga berish orqali uning egasi doimiy oylik daromadga ega bo‘ladi. Apart-hotel'larda mavjud komfort va qulayliklar esa uzoq va qisqa muddatli ijarachilarni jalb qila oladi va o‘z-o‘zidan barqaror daromad kelib turishiga sababchi bo‘ladi.

Ko‘chmas mulk va turizm sanoati bozorida beqaror vaziyatlar ham kuzatilishini hisobga olsak, barqaror daromad keltirish o‘ta muhim jihatga aylanadi. Bu borada ham apart-hotel'lar eng ishonchli aktivlardan biri bo‘la oladi.

Apart-hotel'larga sarmoya kiritishning yana bir super afzalliklaridan biri mulkni boshqarish bilan bog‘liq. Xonadon egalari o‘zlari ijarachilar topishi, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan uydagi maishiy masalalarni hal qilishga vaqt va asab sarflashlari shart emas. Bularning hammasini professional boshqaruv kompaniyasi qilib bera oladi va turar joy egasini ortiqcha boshog‘riqlardan qutqaradi. U bemalol o‘z shaxsiy ishlari yoki biznesi bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.

Apart-hotel sotib olish bilan qiymati kundan kunga o‘sib borayotgan ko‘chmas mulk bozoriga eshik ochiladi. Toshkent shahrida xonadonlarga talab yil sayin ortib boryapti. O‘z navbatida ijara narxlari ham qimmatlayapti. Masalan, 2023 yilda Toshkentdagi o‘rtacha ijara narxi undan oldingi yil bilan solishtirganda 34,6 foizga o‘sgan.

Toshkent markazida qurilayotgan "Muhtasham Apart-Hotel" majmuasi araptamentlar sotuvini boshlab yubordi. 

Endi sizda ham chet el formatidagi zamonaviy ko‘chmas mulk sotib olib daromadli biznes boshlash imkoni bor.

Apart-hotel respublikaning boshqa viloyatlaridan yoki umuman boshqa davlatlardan kelib poytaxtda uzoq muddat qolishni rejalashtirganlar uchun ideal tanlov bo‘la oladi.

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni doimiy oshib borayotgani, qolaversa, mamlakatda ko‘chmas mulk narxlarining doimiy o‘sib borayotgani hisobga olinsa, apart-hotel sotib olib adashmaysiz. Axir siz faqatgina turar joy sotib olmaysiz, balki passiv daromad manbaiga ham ega bo‘lishingiz mumkin. Bu imkoniyatni apart-mehmonxonalar bera oladi. 

Foydali biznesga sarmoya kiriting va o‘z moliyaviy imkoniyatlaringizni oshiring!

Manzil: Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-uy. 

Telefon: +998(71)-200-99-09 |Telegram | Instagram

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid