Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada FETÖ tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari 21 yilga qamaldi
O‘rxon Inanda «qurolli terrorchi tashkiloti tuzish va unga rahbarlik qilish»da aybdor deb topildi.
«Muqobil davlat» (FETÖ, Fethullahçı Terör Örgütü) terrorchi tashkilotining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yacheykasi rahbari O‘rxon Inanda Turkiya sudi tomonidan 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Anqara shahrining O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudi qarori bilan Fathulloh Gulen boshchiligidagi jinoiy tashkilot a’zosi «qurolli terrorchi tashkiloti tuzish va unga rahbarlik qilish»da aybdor deb topildi.
Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti (MİT) O‘rxon Inandani Qirg‘izistondan mamlakatga olib kelgan edi.
2016 yil 15 iyulidan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiya Qurolli Kuchlarining bir guruh harbiy xizmatchilari mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir qilishga urinib ko‘rdi. Ularning harakatlari mamlakat rahbariyati va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan bostirildi. Ular bilan to‘qnashuvda 251 nafar turkiyalik halok bo‘ldi. Turkiya rasmiylari isyonchi harbiylarni FETÖ a’zosi bo‘lgan deb hisoblaydi.
Fathulloh Gulen hozirgi vaqtda AQSh Pensilvaniya shtatida yashayapti. Turkiya uni ekstraditsiya qilishni bir necha yillardan beri talab etmoqda.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026