CAFA Nations Cup. O‘zbekiston Tojikistonni tor-mor etdi
O‘zbekistonlik futbolchilar qo‘shni davlat jamoasi darvozasini besh bor ishg‘ol etishdi.

Foto: UFA
17 iyun kuni CAFA Nations Cup'da 3-tur bahslari yakuniga yetdi.
A guruhida O‘zbekiston Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 13-daqiqasidayoq Tojikiston futbolchisi Parvizjon Umarboyev jarima zarbasini aniq ijro etib hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar raqib darvozasini besh bor ishg‘ol etishdi. Dastlab 53-daqiqada Jasurbek Yaxshiboyev hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Eldor Shomurodov Bobur Abduxoliqov ishlagan penaltini aniq ijro etdi va O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
73-daqiqada yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga o‘tgan Abbosbek Fayzullayev debyut golini urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
83-daqiqada Hojimat Erkinov qarshi hujumda o‘z uslubida gol urdi.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotganida Oston O‘runov o‘zi ishlagan penaltidan yakuniy hisobni o‘rnatdi - 5:1.
Shu tariqa, Srechko Katanets shogirdlari guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi. O‘zbekistonliklar birinchi turda Ummonni 3:0 hisobida, ikkinchi turda Turkmanistonni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Parallel kechgan o‘yinda Ummon Turkmanistondan ustun kelib, 4 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
20 iyun kuni «Bunyodkor» stadionida o‘tadigan finalda O‘zbekiston V guruhi g‘olibi Eron bilan o‘ynaydi. «Paxtakor» stadionida esa Ummon V guruhida ikkinchi bo‘lgan Qirg‘iziston bilan 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.
CAFA Nations Cup
A guruhi. 3-tur. 17 iyun
O‘zbekiston — Tojikiston 5:1
Gollar: Jasur Yaxshiboyev (53), Eldor Shomurodov (56, penalti), Abbos Fayzullayev (72), Hojimat Erkinov (83), Oston O‘runov (90+6, penalti) — Parviz Umarboyev (13).
O‘zbekiston — Botirali Ergashev, Alibek Davronov, Abduqodir Husanov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Jamshid Iskanderov (Eldor Shomurodov, 46), Abdulla Abdullayev (Abbom Fayzullayev, 46), Akmal Mozgovoy, Dilshod Saitov (Hojiakbar Alijonov, 83), Jasur Yaxshiboyev (Oston O‘runov, 73), Bobur Abdixoliqov (Hojimat Erkinov, 73), Jamshid Boltaboyev (Odil Hamrobekov, 46).
Tojikiston — Rustam Yatimov, Zoir Jo‘raboyev, Manuchehr Safarov, Vahdat Hanonov (Sodiq Qurbonov, 65), Parviz Umarboyev (Xolmurod Nazarov, 80), Amir Jo‘raboyev, Alisher Jalilov, Shervoni Mabatshoyev (Nuriddin Hamroqulov, 65), Ehsoni Payshanbe (Komron Tursunov, 80), Axtam Nazarov, Manuchehr Jalilov (Murodali Aknazarov, 87).
Ogohlantirishlar: Vahdat Xanonov (28), Ibrohim Xalil Yo‘ldoshev (38), Parviz Umarbayev (41), Manuchehr Safarov (42), Ehsoni Panshanbe (59)
Turkmaniston — Ummon 0:2
Gollar: Al Mushayfri (42), As Subhi (76).
Turkmaniston: Choriyev, Annaguliyev, Toyjanov, Saparov, Atayev, Annayev, Bashimov, Annadurdiyev, Bayov, Saparguliyev, Choriyev.
Ummon — Al Muhayni, Al Hamisi, Al Ahbori, Abdulg‘afur, Al Hasani, Al Kaabi, Al Brayki, Al Mushayfri, Al Yahyoyi, Al Mushayfri, As Saadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
-
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

17:11 / 21.06.2023
Eron Toshkentda yana yutib ketdi. CAFA Nations Cup finalidan fotogalereya

22:39 / 20.06.2023
CAFA Nations Cup. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi

17:04 / 18.06.2023
Final oldidan yirik hisob. Derbida Tojikiston tor-mor etilgan o‘yindan fotogalereya

21:54 / 16.06.2023