Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 19-21 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 19 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 20-21 iyunda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi +24...+29 daraja, kunduzi +36...+41 daraja, 20 iyunda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja, 21 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja, 20 iyunda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +33...+38 daraja, 21 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi +24...+29 daraja, kunduzi +38...+43 daraja, Surxondaryo viloyatida +43 darajagacha, 20 iyunda kechasi +24...+29 daraja, kunduzi +36...+41 daraja, 21 iyunda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-20 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+41 daraja, 21 iyunda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 19-20 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. 21 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 19 iyunda +27...+32 daraja, 20-21 iyunda +24...+29 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024