Ugandada ommaviy qirg‘in: maktabga hujum oqibatida 38 bola halok bo‘ldi
Shuningdek, ko‘plab o‘quvchilar, asosan qizlar o‘g‘irlab ketildi.

Foto: Getty Images
Ugandada terrorchi-isyonchi guruhning maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 38 nafar bola va uch nafar katta kishi halok bo‘ldi. Independent xabariga ko‘ra, hujum mamlakat g‘arbida, Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaraga yaqin joyda sodir etilgan.
Uganda politsiyasining xabar berishicha, bolalarning ba’zilari yong‘inda halok bo‘lgan yoki pichoqlab o‘ldirilgan, boshqa ko‘plab o‘quvchilar, asosan qizlar guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Hujum juma kuni kechqurun sodir bo‘lgan va qurbonlar soni dastlab 25 kishi edi. Shanba kuni rasmiylar 41 jasad topilganini, jumladan, 38 nafar maktab o‘quvchisi, bir qo‘riqchi va ikki mahalliy hamjamiyat a’zosi maktab oldida otib o‘ldirilganini aytdi. Shu bilan birga, maktabdagi yong‘in hali ham o‘chirilmagan, shuning uchun yangi jasadlar topilishi mumkin. Shuningdek, sakkiz kishining ahvoli og‘ir.
Hujum qilganlar IShID tarafdori bo‘lgan Demokratik kuchlar ittifoqi (ADF) nomli jangari guruh a’zolari ekani aniqlangan. ADF so‘nggi yillarda Kongodagi bir nechta hujumlar, jumladan 2021 yilda 30 askar va uch nafar tinch aholining o‘limi uchun javobgar bo‘lgan. Guruh 2000 yillardan beri faol.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi

17:37 / 21.01.2025
Xitoyda talabalarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs qatl etildi

16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi

18:22 / 28.11.2024