O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda
Joriy yilning yanvar-may oylarida gaz qazib olish 9,8 foizga qisqardi, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 3,1 foizga oshdi.

Foto: O‘zbekneftgaz
Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-may oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 19,86 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,15 mlrd kub (2022 yilning yanvar-may oylarida 22 mlrd kub metr bo‘lgan) yoki 9,8 foizga qisqargan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda ham gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,66 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga kamaygandi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gaz qazib olishning qisqarishi va ichki bozorda talab ortib borayotgani sababli xorijga tabiiy gaz sotishni jiddiy qisqartirdi. Xususan, 2020 yilda Rossiyaga eksport butunlay to‘xtatildi va Xitoyga yetkazib berish hajmi kamaydi. TASSning Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2023 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi qiymat jihatidan 60,71 foizga kamayib, 118,63 million dollarni tashkil etgan. Gaz ta’minotining fizik hajmi ko‘rsatilmagan.
Shuningdek, hisobot davrida ko‘mir qazib chiqarish 4,1 foizga, gaz kondensati ishlab chiqarish 8 foizga kamaygan bo‘lsa, neft qazib olish 3,1 foizga oshgan.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 31,3 mlrd kVt/soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga yoki 951,9 mln kVt/soatga o‘sgan. Xususan, may oyida 7 mlrd 331 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu – o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 36,1 foizga yoki 1 mlrd 945,4 mln kVt/soatga ko‘p.
Statagentlik bu o‘sishni elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘rttasi kichik korxonadan yirik korxona toifasiga o‘tgani va shu sababli ular oylik hisobot taqdim qila boshlagani bilan izohladi.
“Agentlik tomonidan har oyda e’lon qilib borilayotgan press-relizlar dastlabki ma’lumotlar hisoblanib, ular faqatgina yirik korxonalar tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar asosida shakllantiriladi va e’lon qilinadi. May oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining oshishiga asosiy sabab aprel oyiga nisbatan 4 ta elektr energiyasini ishlab chiqargan kichik korxonalar yirik korxonaga aylangan hamda statistika idoralariga rasmiy hisobot taqdim etishi natijasida qo‘shimcha 2 063,7 mln kVt/soat elektr egnergiyasi ishlab chiqarilgan. Bu aprel oyiga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 34,2 foizga oshishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi agentlik xabarida.
Hisobotda keltirilishicha, 5 oy davomida 120 631ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
- Cobalt – 39 264 dona (oshish – 0,9 foiz);
- Lacetti-Gentra – 27 961 dona (qisqarish – 21 foiz);
- Damas – 26 815 dona (qisqarish – 9,4 foiz);
- Tracker – 8 853 dona;
- Onix – 6 943 dona;
- Nexia T-250 – 1 992 dona (qisqarish – 78,7 foiz);
- Spark – 187 dona (qisqarish – 95,1 foiz);
- Maxsus yengil avtomobillar – 8 612 dona (oshish – 18,5 foiz).
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida O‘zbekistonda 122 200 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ya’ni o‘tgan bir yil ichida ishlab chiqarish 1 569 taga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

09:32 / 09.05.2025
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

12:51 / 06.05.2025