Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maskning onasi unga Tsukerberg bilan jang qilishni taqiqladi
Ilon Maskning onasi o‘g‘lining Mark Tsukerberg bilan jangini bekor qilganini aytdi.
Ilon Maskning onasi Mey Mask o‘g‘lining Meta kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg bilan MMA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan jangini bekor qilganini aytdi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«Aslida men jangni bekor qildim. Ammo hali ularga aytmadim. Har ehtimolga qarshi jang bekor qilinganini aytishda davom etaman...», dedi Mey Mask.
Avvalroq milliarderning onasi «so‘z bilan» jang qilishni taklif etgandi.
«Faqat so‘zlar yordamida kurashing. Kresloda o‘tirib. Bir-biringizdan bir metr masofada. Kim eng kulgili bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi», deb yozdi u.
Ilon Mask onasining so‘zlariga hazilomuz tarzda munosabat bildirdi. «Onajon, bas qiling, baribir u bilan jang qilaman», deb yozdi u.
Twitter ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask 21 iyun kuni Facebook asoschisi Mark Tsukerbergni yakkama-yakka kurashga chaqirdi. Bunga Facebook tomonidan Twitter raqobatchisi ishlab chiqilayotgani haqidagi xabar sabab bo‘ldi. Tsukerberg uunga javoban: «Jang qayerda bo‘lishini yozib yubor» dedi. Mask Las-Vegasdagi mashhur UFC janglari o‘tkaziladigan zalni tanladi.
Keyinroq, Universal janglar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Mask va Tsukerberg bilan gaplashib olganini, ikkalasining niyati «jiddiy» ekanini aytdi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026