Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin Shoygu va Gerasimovni «rus xalqining genotsidi»da aybladi
U ularga qarshi Rossiya Tergov qo‘mitasiga ariza yozgan.
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni «rus xalqining genotsidi»da aybladi.
Avvalroq, Prigojinning Shoygu va Gerasimov ustidan Tergov qo‘mitasiga shikoyat qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi. XHK rahbari buni tasdiqladi.
«Ha, bu Gerasimov va Shoygu ustidan shikoyat, ular rus xalqi genotsidi, o‘n minglab Rossiya fuqarolarining o‘ldirilishi va Rossiya hududlarini dushman qo‘liga berib qo‘ygani uchun javobgar bo‘lishi kerak. Ular buni ataylab qilgan. Shoygu millatchilik asosida genotsid qilgan», dedi Prigojin.
- Vagnerchilar rahbari Rossiya Mudofaa vazirligini o‘z yollanma askarlarini yetarlicha o‘q-dorilar bilan ta’minlamaganlikda bir necha bor ayblagan, shuningdek, Shoygu va Gerasimovni tanqid qilib kelmoqda.
- Yoz boshida Shoygu barcha «ko‘ngilli harbiy qismlar» 1 iyulgacha Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishi kerakligini ma’lum qildi. Prigojin buni rad etdi va shartnoma tuzishni istamaganlarni «Vagner»ga qo‘shilishga chaqirdi.
- Keyinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ammo Prigojin o‘z askarlari «yana sharmandalik yo‘lidan borishga tayyor emasligini» aytdi.
- Yaqinda bergan intervyusida Prigojin yana Shoygu haqida gapirib, marshal unvoni va ikkinchi marta qahramon yulduzini olishi uchun unga Ukrainadagi urush kerak bo‘lganini aytdi.
Mavzuga oid
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
11:59 / 06.03.2026
Sergey Shoyguning yana bir sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
09:12 / 24.01.2026
Germaniya Shoygu bayonotiga tayanib, Rossiyadan bo‘lgan dezertirga boshpana bermadi
09:46 / 06.10.2025