Lukashenko Prigojin bilan muzokara olib borgani va isyonni to‘xtatganini aytib berdi
Belarus prezidenti «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z mamlakati hududiga yetib kelganini tasdiqladi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin bilan Rossiyadagi qurolli isyonni to‘xtatish uchun qanday muzokara olib borganini aytib berdi. Uning so‘zlarini Meduza umumlashtirgan holda bayon qildi.
«Putin aytganidek, Rossiyadagi tartibsizliklar yuzaga kelganda, hamma pisib o‘tirdi. Odatda biz janjaldan keyin musht ko‘tarishga va «Ezing, ezing va yana ezing» deb maslahat berishga ustamiz. Bu meni ushbu voqealar haqida gapirib berishga undadi, ularga mutlaqo sho‘ng‘ib ketgan edim», deb boshladi Lukashenko so‘zini.
«23 iyun, juma kuni men Rostovdan kelgan kamyob xabarlarga e’tibor bermadim: urush davom etmoqda, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ammo 24 iyun, shanba kuni ertalab xavotirli ma’lumotlarni oldim.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (DXQ) xodimlari bilan bog‘lanib, Putin aloqaga chiqmoqchi ekanini aytishdi. Marhamat. Soat 10.00 da u xalqqa murojaat qildi, soat 10:10 da qo‘ng‘iroq qilib, menga batafsil ma’lumot berdi. Tushundimki, vaziyat og‘ir, «ezish» haqida shafqatsiz qaror qabul qilingan. Putinga shoshmaslikni, muhlat berishni, Prigojin va uning qo‘mondonlari bilan gaplashib olishni taklif qildim. «Sasha, bu befoyda. U telefonni ko‘tarmayapti», dedi u menga. «U qayerda?», deb so‘radim. «Rostovda». «Yomon murosa har qanday urushdan yaxshiroqdir. Men u bilan bog‘lanishga harakat qilaman», dedim.
Biz Putin bilan yarim soat suhbatlashdik, u menga frontda nimalar bo‘layotganini aytib berdi. Uning so‘zlarini yaxshi eslayman: «Ammo frontda, g‘alati bo‘lsa-da, vaziyat har qachongidan yaxshiroq».
Soat 11:00 da men Prigojin bilan bir zumda bog‘landim, Yevkurov uni telefonga chaqirdi. Prigojin butunlay ko‘tarinki kayfiyatda edi. Biz dastlabki 30 daqiqada faqat so‘kinib gaplashdik. «Jyenya, hech kim senga Shoyguni ham, Gerasimovni ham bermaydi. Putinni mendan yaxshiroq bilasan. U nafaqat sen bilan uchrashmaydi, hatto telefonda ham gaplashmaydi», dedim. Prigojin jim. «Ammo biz adolatni xohlaymiz! Ular bizni bo‘g‘moqchi! Biz Moskvaga boramiz!», deb baqirdi Prigojin. «Yarim yo‘lda seni kanadek ezib tashlashadi», dedim. «Yo‘q», dedi. Shunaqa ko‘tarinki kayfiyatda edi.
Uni ishontirishga ancha vaqt kerak bo‘ldi. Suhbatning oxirida shunday dedim: «Bilasanmi, xohlaganingni qil. Lekin mendan xafa bo‘lma. Biz brigada tayyorladik va xuddi 1941 yildagidek, Moskvani himoya qilamiz. To‘g‘ri, Rossiya bizning vatanimiz emas. Ammo, agar butun Rossiya bo‘ylab fitna tarqalsa, (buning uchun juda katta sharoitlar mavjud), keyingisi biz bo‘lamiz».
Belarus ommaviy axborot vositalariga mendan, Putin va Prigojindan qahramon yasamaslikni buyurdim. Chunki biz bu vaziyatning oldini ololmadik, shapko‘rlik qildik. U rivojlana boshlaganida, men ham, Putin ham vaziyat o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb o‘yladik. Ammo u hal bo‘lmadi. Va frontda jang qilgan ikki kishi to‘qnashdi. Shoyguni (Rossiya Mudofaa vaziri) ba’zida noo‘rin tanqid qilishadi, ammo u qo‘lidan keladigan ishlarni qilyapti.
Kecha Putin va’da qilganidek, xavfsizlik kafolatlari berildi. Prigojin bugun Belarusda. Va’da qilganimdek, agar biz bilan bir muddat qolib, nafas rostlamoqchi bo‘lsangiz, yordam beramiz. Tabiiyki, o‘z hisobingizdan. Ammo, Xrenin (Viktor Xrenin, Belarus Mudofaa vaziri) aytganidek: «Bunday harbiy qism armiyamga ortiqchalik qilmas edi». Bu fikrga qo‘shilaman.
Biz hozircha «Vagner» uchun hech qanday lager qurmayapmiz. Ammo agar xohlasalar, biz ularni joylashtiramiz. Ammo ular hozircha Luganskdagi (Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina shahri) o‘z lagerlarida. Biz ularga tashlandiq harbiy qismlardan birini taklif qildik. Marhamat, chodirlarni o‘rnatishlari mumkin», dedi Lukashenko.
Yevgeniy Prigojin hozircha Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida ma’lumot bermadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Belarus prezidenti bilan o‘tkazilgan muzokaralar mazmunini bayon qilmadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

10:14 / 01.05.2025