Toşkent şahri Yangihayot tumanidan ötgan yerusti metrosining 14-bekati oldidagi 17 tup çinor daraxti qazib olinib, boşqa joyga köçirilgani haqida Kun.uz'ga murojaat kelib tuşdi. Murojaat xatida köp yillik daraxtlarning köçiriliş oldidan yon şoh va öq ildizlari kesib taşlangani, ularning endilikda qurib qolişi mumkinligidan xavotirlar bayon qilinadi.

“Ösib turgan yirik çinorlar yozning çillasida boşqa joyga köçirilmoqda. Buning ustiga katta-katta çinorlarni avval kallaklab, keyin kavlab olişmoqda. Bunday holatda köçirilgan çinorlarning ösib ketişi ham oson bölmasa kerak. Axir neça yillik çinorlar-ku, açinişmaydimi, ularni östirib, şu holatga keltiriş ham oson emas”, – deyiladi murojaatda.

Kun.uz muxbiri köp yillik daraxtlarning suratda körinib turgan holatda köçirilişi daraxt köçiriş standartlariga qançalik mosligi, şuningdek, yozning çillasida köçirilgan daraxtlarning endilikda unib ketiş imkoniyati qançalik, degan savol bilan Toşkent Botanika instituti bölim boşliği Atirgul Xolmirzayevaga murojaat qildi.

Mutaxassis savolga javoban fuqarolarning xavotiri töla asosli ekanini ta’kidladi.

Atirgul Xolmirzayeva

“Hozir – yozning çillasida ekilgan har qanday daraxt qattiq stressga tuşişi aniq. Buning ustida suratdagi daraxtlarning yon şoxlari va öq ildizi kesib taşlanganini köryapman. Ularda faqat kiçik yon ildizlar qoldirilgan va daraxtlar kuç bilan suğurib olingan. Mutaxassis sifatida aytamanki, şu holatda köçirilayotgan çinorlarning ösib ketiş imkoniyati deyarli nolga teng. Endi çinorlarning tutib ketişi uçun juda katta mehnat, kuç va vositalar talab qilinadi.

Bundan taşqari, suratlarda çinorlar yetarli tuproq bilan olinmagan, ildizlar şunçaki oçiq holatda turibdi. Bunda ular şamollaydi va issiqda qurib qoladi. Işlar şunçaki qilingani körinib turibdi”, – dedi Xolmirzayeva.

Toşkentda qurilişlar bahonasida köp yillik daraxtlarning “boşqa joyga köçirilişi” va ularning köçirilgan örnida yirik daraxt qabristonlari paydo bölişi yangilik emas. Bunga qadar ham