Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahrida 5 yanvar kuni harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkaziladi. Shu bois qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent ko‘chalarida 5 yanvar kuni harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 11:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:
- Qoraqamish — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KHAY — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- KHAY — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar — Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar — Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar — Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat — Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Furqat — Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat — Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026