Kolizey devoriga ma’shuqasining ismini o‘yib yozgan sayyoh qamalishi mumkin
Ayni paytda sayyoh Italiya politsiyasi tomonidan qidiruvga berilgan.
Reputo gravissimo, indegno e segno di grande inciviltà, che un turista sfregi uno dei luoghi più celebri al mondo, il Colosseo, per incidere il nome della sua fidanzata. Spero che chi ha compiuto questo gesto venga individuato e sanzionato secondo le nostre leggi. pic.twitter.com/p8Jss1GWuY
— Gennaro Sangiuliano (@g_sangiuliano) June 26, 2023
Sayyohning o‘zi YouTube’ga joylagan videoda 1937 yoshdagi qadimiy yodgorlik devorlariga kalit bilan o‘zining (Ivan) hamda suyuklisining (Heyli) ismlarini o‘yib yozgani ko‘rinadi. Ushbu holat boshqa bir shaxs tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, Ivan kameraga qarab qo‘yganda uning yuz ifodasi qilayotgan ishidan mamnun ekanini ko‘rish mumkin. Voqea 23 iyun kuni ro‘y bergani aytilmoqda.
Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ko‘plab foydalanuvchilar uni hibsga olish va jazolashni talab qilib izoh qoldirishgan. Italiya madaniyat vaziri ushbu holatni oqibatsiz qoldirmaslikka va’da bergan, buning ortidan ushbu shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi. Politsiya tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Umid qilamanki, kim buni qilgan bo‘lsa, aniqlanib qonunlarimiz bo‘yicha jazolanadi”, deya ta’kidlagan vazir Jyennaro Sanjuliano.
Madaniy yodgorlik obektlariga zarar yetkazish aksariyat Yevropa davlatlarida, jumladan, Italiyada ko‘p uchraydigan holat. Shu sababli bunday xatti-harakat uchun jinoiy javobgarlik joriy etilgan.
Italiyaning ANSA axborot agentligi joriy yilda sayyohlar tomonidan Kolizey devorlariga to‘rt marta zarar yetkazilgani haqida xabar bergan. Agentlik bunday harakat uchun qonunbuzar 15 ming yevro miqdoridagi jarima yoki besh yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkinligini eslatgan.
2014 Kolizey devoriga “K” harfini o‘yib yozgan rossiyalik sayyoh 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan va 4 oy muddatli shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.
2015 yili ikki amerikalik qadimiy yodgorlik devoriga ismlarini o‘yib yozgani ortidan sudga tortilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

16:09 / 11.06.2025
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi

22:21 / 09.06.2025
Italiyalik erkak bir yil davomida ish joyidan salkam 2 kilo oltin o‘g‘irladi

20:32 / 06.06.2025