10:23 / 29.06.2023
7499

Oxirgi 20 yilda O‘zbekistondagi kutubxonalar soni 15 barobarga kamayib ketgan

2000 yilda O‘zbekistonda 6027 ta kutubxona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 402 tagacha qisqarib ketgan.

Foto: Kun.uz

Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari soni 2000 yilda shahar joylarda 1013tani, qishloq joylarda esa 5014tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib shahar joylardagi markazlar soni 365tagacha, qishloq joylardagi markazlar soni 37tagacha kamayib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi ochiq ma’lumotlar bazasida keltirib o‘tilgan.

2000 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistondagi kutubxonalar sonining o‘zgarishi:

  • 2000 yil – 6027 ta;
  • 2001 yil – 5936 ta;
  • 2002 yil – 5943 ta;
  • 2003 yil – 6158 ta;
  • 2004 yil – 5953 ta;
  • 2005 yil – 5892 ta;
  • 2006 yil – 1200 ta;
  • 2007 yil – 1521 ta;
  • 2008 yil – 1650 ta;
  • 2009 yil – 2722 ta;
  • 2010 yil – 2809 ta;
  • 2011 yil – 2809 ta;
  • 2012 yil – 2831 ta;
  • 2013 yil – 2834 ta;
  • 2014 yil – 2877 ta;
  • 2015 yil – 2914 ta;
  • 2016 yil – 2908 ta;
  • 2017 yil – 2898 ta;
  • 2018 yil – 2902 ta;
  • 2019 yil – 398 ta;
  • 2020 yil – 400 ta;
  • 2021 yil – 402 ta.
Top