“Bolalar piyoda 5-10 daqiqada yetib bora oladigan masofada, har qadamda ular uçun mos şinam kutubxonalar bölişi kerak. Bola bu kutubxonada nafaqat öqişi, öynaşi, hatto uxlaşi mumkin bölsin. Qimmat kitobni sotib ololmaydigan bola şu yerda istagan barça kitobini olib öqiy olişi kerak”, deydi bolalar yozuvçisi Dinara Möminova.

Maktabgaça yoşdagi bolalarni kitobga qiziqtiriş böyiça mutaxassis, bolalar yozuvçisi Dinara Möminova Kun.uz bilan suhbatda bolalar adabiyoti qanday bölişi kerakligi, bolalarga qanday kitoblar taklif qiliş lozimligi, ularni ekranga emas, kitoblarga qiziqtiriş usullari haqida gapirib bergandi.

Dinara Möminova kiçik yoşdagi bolalarni kitobxon qilişda özi ayni paytda yaşab turgan Janubiy Koreya davlati tajribasidan kelib çiqib, Özbekiston hukumati qanday iştirok etişi kerakligi haqida ham takliflar berib ötdi.

“Bolalar kitobi qimmat turadi”

Bolalar kitoblari butun dunyoda kimmat turadi. Janubiy Koreyada ham örtaça narxdagi bolalar kitobi – 10 dollar. Bu Koreya şaroitida ham arzon narx emas. Şuning uçun Koreya hukumati bolalar kitobxonligini oşiriş uçun alohida dastur işlab çiqqan.

1996 yilda Koreyada bolalar adabiyotini keskin rivojlantiriş harakatlari boşlanadi. Bunda har bir uydan 5-10 daqiqada yayov boriş mumkin bölgan masofada bolalar kutubxonalari oçiladi. Albatta, ular kiçik va şinam böladi. Agar bola öziga yoqqan Koreyada naşr etilgan istalgan biror kitobni topa olmasa, buyurtma berişi mumkin. Va buyurtma asosida bolaga şu kitob tekinga yetkazib beriladi. Har bir bola şunday tarzda kutubxonaga borişi va u yerda kitob öqişi, öynaşi mumkin.

Bundan taşqari, tuman va şahar miqyosidagi katta kutubxonalar ham bor.

Bola bu kutubxonalarda öqişdan taşqari şunçaki uxlaşi ham mumkin. Kutubxona mana şunday yöl-yölakay, bolalar piyoda bora oladigan masofada bölişi kerak. Şuning uçun bölsa kerak, Koreyada bolalar kitobxon. Ular qimmat kitobni sotib ololmagan taqdirda ham kutubxonaga borib istalgança foydalanişi mumkin.