Moskvada mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Moskvada bir necha davlatdan kelgan migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bu haqdagi ma’lumot 27 iyun kuni Baza Telegram kanalida e’lon qilindi. Mushtlashuv «Legendarnyy kvartal» turar-joy majmuasi qurilish maydonida bo‘lgan, unda 18 kishi ishtirok etgan. Janjalga pudratchi tashkilot xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan ish jarayoni bilan bog‘liq nizo sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Sud qarori bilan chet el fuqarolariga 5500 rublgacha jarima solingan. Tojikistonning 5 fuqarosi 7 sutkaga qamalgan, O‘zbekistonning bir, Tojikistonning yana uch va Qirg‘izistonning uch fuqarosini deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan. Xabarda ularning ismi-sharifi keltirilmagan.
Bundan tashqari, Rossiya Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Inson sog‘lig‘iga qasddan og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

19:34
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

18:18
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

18:16
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi

16:01