O‘zbekiston | 20:11 / 03.07.2023
6059
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti ShHT sammitida ishtirok etadi 

Anjuman 4 iyul kuni videoaloqa formatida tashkil etiladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi taklifiga binoan 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. 

Sammit kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Uchrashuv yakunida ShHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid