Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlarini tergov qiluvchi xalqaro markaz ochildi
Markazning tashkil etilishi maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam ekani aytilmoqda.

Foto: Reuters
Niderlandiyaning Haaga shahrida Yevropa Ittifoqi, AQSh va Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurorlarini o‘z ichiga olgan xalqaro tergov markazi (ICPA) ish boshladi. U Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qiladi. Bu haqda Eurojust xabar berdi.
«ICPA tufayli turli mamlakatlarning mustaqil prokurorlari har kuni bir joyda birgalikda ishlashi, dalillarni tez va samarali almashishi, tergov va ta’qib qilishning umumiy strategiyasini kelishib olishi mumkin bo‘ladi».
Qayd etilishicha, markazning tashkil etilishi maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadamdir, chunki markaz tomonidan to‘plangan materiallar Ukrainadagi bosqinchilik jinoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.
«Shu bilan birga, ICPA kamdan-kam hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladigan va standart amaliyotga ega bo‘lmagan xalqaro jinoyat bilan shug‘ullanadi», deyiladi xabarda.
Markaz gumonlanuvchilarni hibsga olish yoki ayblash vakolatiga ega emas, uning vazifasi bunday jinoyatlarni tergov qilishda ishtirok etayotgan davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va birinchi navbatda axborot almashishdan iborat.
Dastlabki bosqichda ICPA tarkibiga Ukraina bilan birga Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Ruminiya ham kiradi. ICPA tergovlarida Xalqaro jinoyat sudi tomonidan yordam beriladi.
«Biz Ukraina tarafida emasmiz, biz adolat tarafidamiz», dedi XJS bosh prokurori Karim Xon.
Shuningdek, AQSh ham markaz faoliyatiga yordam berish uchun maxsus prokurorni tayinladi va uning ma’lumotlar bazasini to‘ldirish uchun hissa qo‘shadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi
Jahon | 20:36
-
Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi
Jahon | 20:25
-
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
O‘zbekiston | 20:24
-
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Iqtisodiyot | 20:16
Mavzuga oid

20:36
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi

18:46
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi

17:07
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

15:30